III an’anaviy “Inson uchun 2026” festivali bo‘lib o‘tdi.
2026-05-13 00:00:00 / Yangiliklar

2026-yil 12–13-may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ hududida O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan III an’anaviy “Inson uchun 2026” festivali bo‘lib o‘tdi.
Festivalda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi xodimlari ham faol ishtirok etib, shartnomalar tuzish masalalari yuzasidan ishtirokchilarga amaliy tushuntirish va tavsiyalar berishdi.
Mazkur festival ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka tanishtirish, aholining turli qatlamlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni namoyish etish hamda inklyuziv jamiyat tamoyillarini targ‘ib qilishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Festival doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, kasbiy mahorat tanlovlari, “Imkoniyatlar olimpiadasi” (Abilympics), interaktiv o‘yinlar va viktorinalar, shuningdek yoshlar hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar taqdimotlari tashkil etildi.
Tadbirda respublika bo‘ylab 120 ta tadbirkorlik subyekti, hunarmandlar, banklar, vazirlik va idoralar ishtirok etdi hamda qariyb 100 mingta bo‘sh ish o‘rni taqdim etildi.
Festival davomida o‘tkazilgan ochiq muloqotlar, taqdimotlar va amaliy loyihalar ijtimoiy himoya tizimidagi islohotlarning samaradorligini yana bir bor namoyon etdi. Tadbir ishtirokchilarga yangi imkoniyatlar yaratish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda jamiyatda inklyuziv muhitni keng targ‘ib qilishga xizmat qilgan muhim maydonga aylandi.




