Oʻzbekiston va Koreya davlat moliyasini boshqaruv tizimini raqamlashtirish va zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etish boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyildi
2026-04-08 00:00:00 / Yangiliklar

Jahon bankining “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisi A.Xaydarov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 6–9-aprel kunlari Koreya Fiskal axborot xizmati (Korea Fiscal Information Service – KFIS) taklifi bilan Janubiy Koreya Respublikasining Seul shahrida xizmat safarida boʻlib turibdi.
Safarning birinchi kuni Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisi A.Xaydarov Koreya fiskal axborot xizmati prezidenti Sok Xo Yun (Yoon Seok-Ho) bilan uchrashib, bugungi kunda davlat moliyasini raqamlashtirish, zamonaviy axborot tizimlari va innovatsion boshqaruv yechimlari boʻyicha ikkala mamlakatlarda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bilan bir qatorda, Oʻzbekiston-Koreya oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlarini mustahkamlash hamda kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shudan soʻng, Koreya Respublikasida joriy etilgan davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi — dBrain+, fiskal maʼlumotlar va tahliliy platformalar, subsidiyalarni boshqarish tizimi — e-Naradoum hamda davlat moliyasi sohasida raqamli innovatsiyalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha Koreya tajribasiga bagʻishlangan taqdimotlar bilan yaqindan tanishildi.
Tashrifning keyingi kunlarida Dasturning navbatdagi bosqichlarida Koreya Davlat moliyasi instituti (Korea Institute of Public Finance (KIPF)) tomonidan Koreyada davlat moliyasini boshqarish sohasida sunʼiy intellektga asoslangan islohotlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tajriba oʻrganiladi, shuningdek, Koreya Mahalliy axborot tizimlarini tadqiq etish va rivojlantirish institutiga (Korea Local Information Research & Development Institute (KLID)) mahalliy davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi — e-Hojo faoliyati bilan tanishish boʻyicha amaliy tashrif rejalashtirilgan.
Tashrif davom etmoqda...