“Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!”
2026-03-18 00:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 18-martida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik qoʻmitasida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda “Maʼrifat targʻibotchilar jamiyati” aʼzolari falsafa fanlari doktori, professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhamedova hamda Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik musiqiy teatri aktrisasi Muqaddas Mamadaliyevalar ishtirok etishdi.
Tadbirni Gʻaznachilik qoʻmitasi Raisi A.Xaydarov ochib berib, Navroʻzning ming yillardan beri xalq hayotidagi maʼnaviy ahamiyati borasida soʻz yuritdi va barcha ishtirokchilarni bahor bayrami – Navroʻzi olam bilan chin dildan qutladi.
Tadbir davomida falsafa fanlari doktori, professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhamedova Navroʻz ayyomi asrdan asrga oshib kelayotgan, urf-odatlarimizni avloddan avlodga oʻtkazib kelayotgan qadimiy bayram deya eʼtirof etdi.
Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik musiqiy teatri aktrisasi Muqaddas Mamadaliyeva ijrosida kelin salom jamoaga xush kayfiyat baxshida etdi.
Bayram sahnasida raqslar, xushovoz sanʼatkorlar va badiiy jamoalarning chiqishlari ishtirokchilarga bayram ruhini toʻliq his qilish imkonini berdi.