Joriy yilning 17–21 noyabr kunlari Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) texnik ko‘magida jalb etilgan davlat moliyasini boshqarish (g‘aznachilik) bo‘yicha xalqaro ekspert Davit Gamkrelidzening G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga tashrifi tashkil etildi.
2025-12-05 00:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 17–21 noyabr kunlari Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) texnik ko‘magida jalb etilgan davlat moliyasini boshqarish (g‘aznachilik) bo‘yicha xalqaro ekspert Davit Gamkrelidzening G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida ekspert bilan G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi raisi hamda boshqa rahbar xodimlar o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda g‘aznachilik tizimini rivojlantirish, moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, biznes jarayonlarni raqamlashtirish hamda sohaga sun’iy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida xalqaro ekspert tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ishlar amalga oshirildi:
1. Moliyaviy resurslarni samarali boshqarish maqsadida budjet likvidligini ta’minlash, yagona g‘azna hisobvarag‘i mablag‘laridan samarali foydalanish bo’yicha G‘aznachilik investitsion siyosatini shakllantirish hamda G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish startegiyasi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqildi.
2. Raqamli g‘azna tizimini joriy etish yo‘nalishida qisqa, o‘rta va uzoq muddatli sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalar portfeli shakllantirildi.
Tashrif yakunida, xalqaro ekspert bilan g‘aznachilik tizimiga samarali va innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish va texnik yordam dasturining keyingi bosqichlarida amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirishga kelishib olindi.
