
Xalqaro hamkorlik

Forish tumani hokimligida tuman hokimi Soxib Islamov hamda Xitoyning “Sino city construction group” kompaniyasi vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida tumanda “aqlli shaharcha” (Smart City) barpo etish, zamonaviy data markaz tashkil qilish hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalari atroflicha muhokama qilindi. Forish tumani viloyat miqyosida aynan “aqlli shaharcha” loyihasi uchun tanlangani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tumandagi atom elektr stansiyasi obyekti uchun zarur qurilish mahsulotlarini yetkazib berish masalalariga e’tibor qaratildi.
Xorijiy investorlar ishtirokida auksion savdosidagi “Bazaltdan turli qurilish materiallari ishlab chiqarish” zavodi hamda AES uchun maxsus tashkil etilayotgan sanoat zonasi hududiga chiqilib, mavjud imkoniyatlar joyida o‘rganildi.
