TUMAN MAHALLIY BYUDJETINING 2024-YIL YILLIK IJROSI TO‘G‘RISIDA

TUMAN MAHALLIY BYUDJETINING 2024-YIL YILLIK IJROSI TO‘G‘RISIDA
2024-yil tuman mahalliy byudjetining yillik aniqlangan daromadlar rejasi 58837,1 mln.so‘mni amalda 62900,6 mln.so‘m (106,9%)ga bajarilganligi, xarajatlarning aniqlangan rejasi 139401.0 mln.so‘mni amalda 139289,1 mln.so‘m (99,9%)ga bajarilganligi, respublika byudjetidan 67458,9 mln.so‘m byudjetlararo transfert, 13915,7 mln.so‘m o‘zaro hisob-kitob mablag‘lari, shu jumladan, tuman mahalliy byudjetining 4-chorak aniqlangan daromadlar rejasi 16068,4 mln.so‘mni amalda 16432,4 mln.so‘m (102,2%)ga bajarilganligi, 4-chorak xarajatlarning aniqlangan rejasi 31213.2 mln.so‘mni amalda 37291,4 mln.so‘m (119,5%)ga bajarilganligi, respublika byudjetidan 17740,6 mln.so‘m byudjetlararo transfert, 5128,7 mln.so‘m o‘zaro hisob-kitob mablag‘lari ajratilgan.
Tuman mahalliy byudjetining 2024-yil choraklar yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining qarorlari, tuman hokimining farmoyishlari va qarorlariga asosan tumanning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish hamda tumanda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarga, jumladan, byudjet tashkilotlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash, talofatlar natijasida yetkazilgan zararlarni qoplash, ularni jihozlash, moddiy texnik bazasini mustahkamlash va boshqa ijtimoiy-madaniy va sport xarajatlarini qoplash maqsadida yil davomida 335.2 mln. so’m, 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari va viloyat byudjetidan tuman mahalliy byudjetiga o‘tkazib berilgan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 1289.3 mln.so’m, 2024-yil uchun tasdiqlangan zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1173.9 mln.so’m hamda yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan 3271.4 mln.so’m mablag‘ ajratilgan.
