Özbek tili — milliy ğururimiz va ma’naviy boyligimiz.
2026-10-21 11:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Özbek tili — milliy ğururimiz va ma’naviy boyligimiz.
Özbek tili — xalqimizning milliy ğururi, ma’naviy boyligi va bebaho qadriyatidir. Til har bir millatning tarixi, madaniyati, urf-odatlari va dunyoqaraşini özida aks ettiradi. Şuning uçun ham ona tilini asrab-avaylaş, uni hurmat qiliş va rivojlantiriş har bir insonning muqaddas burçidir.
Özbek tili turkiy tillar oilasiga mansub bölib, boy tarixga ega. Asrlar davomida tilimiz xalqimizning orzu-umidlari, his-tuyğulari va hayotiy tajribalarini ifoda etib kelgan. Buyuk bobokalonimiz Alişer Navoiy özining bebaho asarlari orqali özbek tilining naqadar boy, gözal va sermazmun ekanini butun dunyoga namoyon etgan. Uning ijodi ona tilimizning rivojlanişida muhim örin tutadi.
Bugungi kunda özbek tili Özbekiston Respublikasining davlat tili hisoblanadi. 1989 yil 21 oktabrda özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Şu sababli har yili 21 oktabr sanasi özbek tili bayrami sifatida keng nişonlanadi. Bu sana xalqimiz uçun katta tarixiy va ma’naviy ahamiyatga ega.
Ona tilimizda xalq oğzaki ijodi namunalari, maqollar, matallar, ertaklar, dostonlar va köplab badiiy asarlar yaratilgan. Ular orqali ajdodlarimizning donişmandligi, hayot tajribasi va milliy qadriyatlari avloddan avlodga ötib kelmoqda.
Hozirgi globallaşuv davrida özbek tilini rivojlantiriş, uni ilm-fan, ta’lim, axborot texnologiyalari va internet sohalarida keng qöllaş muhim vazifalardan biridir. Yoşlar ona tilida töğri va ravon sözlaşişga, savodli yozişga, kitob öqişga hamda til qoidalariga rioya qilişga intilişlari lozim. Boşqa tillarni örganiş ham muhim, ammo bu jarayonda öz ona tilimizni unutmasligimiz kerak.
Xulosa qilib aytganda, özbek tili — millatimizni birlaştiruvçi, milliy özligimizni anglatuvçi va ma’naviyatimizni boyituvçi buyuk qadriyatdir. Uni asraş, hurmat qiliş va kelajak avlodlarga sof holda yetkaziş har birimizning vazifamizdir. Zero, ona tiliga bölgan hurmat — Vatanga bölgan hurmatning yorqin ifodasidir.
Jizzax viloyat sudining sudya katta yordamçisi Jamşid Tilabov
