Xalqaro hamkorlik
1. Chiroqchi tumanida Birlashgan Arab Amirliklarining “Bin Dalmouk Motors” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “VERO BEVERAGES” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona faoliyat olib bormoqda. Qo‘shma korxonada OMAF yorlig‘i ostidagi minerallarga boy toza ichimlik suvlari ishlab chiqarilmoqda.
2. Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi, tadbirkor Ye Chengyin ta’sischiligidagi "Tianlan kiyim majmuasi" mas’uliyati cheklangan jamiyati Chiroqchi tumani Davlat xizmatlari markazida rasmiy ro‘yxatdan o‘tdi.
