Tez-tez beriladigan savollar
Chiroqchi tumani hokimligi manzili haqida ma'lumot bersangiz.
Chiroqchi shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi, 19-uy.
ERI kalitining paroli yo‘qolib qolsa uni qanday tiklash mumkin?
Elektron raqamli imzo kalitining paroli yo‘qolib qolgan taqdirda, uni tiklash uchun e-imzo.uz sayti orqali parolni tiklash mumkin. Bunda, murojaat qilinganidan so‘ng belgilangan telefon raqamiga elektron raqamli imzo kalitining paroli qayta yuboriladi.
Alohida uyning turar joy mulkdori shirkati tarkibidan chiqsa ushbu uyga shirkat mablagʻlaridan ulush beriladimi?
Ha, bu uyning turar-joy mulkdorlaridan taʼmirlashga yigʻilgan mablagʻlardan beriladi. Agarda alohida koʻp kvartirali uy turar joy mulkdorlari Shirkat tarkibidan chiqqan taqdirda turar joy mulkdorlari tomonidan ushbu uyni mukammal taʼmirlash uchun toʻplagan maqsadli jamgʻarmasi hisobiga shakllanadigan pul mablagʻlari belgilangan tartibda yangi tuzilayotgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga berilishi kerak.
Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya qanday tartibda beriladi?
Subsidiya olishga 18 yoshga to‘lgan fuqarolar murojaat qilishlari mumkin. Subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida beriladi. Hujjatga ko‘ra: - qishloqlarda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 6,9 baravarigacha (5 mln 671 ming 800 so‘mgacha); - Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 8 baravarigacha (6 mln 576 ming so‘mgacha); - Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 9,2 baravarigacha (7 mln 562 ming 400 so‘mgacha) bo‘lgan oilalar yuqori daromadga ega emas, deya eʼtirof etiladi.
Subsidiya uchun ariza yuborish tartibini bilasizmi?
Fuqarolar ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin. - Murojaatchi my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan so‘ng javobda ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat)tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.
