FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
2026-08-06 11:20:00 / Yangiliklar

Davlat rahbarining Aholi murojaatlari bilan ishlash chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan bergan topshiriqlari ijrosini tumanda ta’minlash maqsadida Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov rahbarligida hokim o‘rinbosarlari Xalq qabulxonasida shaxsiy qabulini o'tkazdi.
Qabul davomida o‘z muammolariga yechim izlab kelgan aksariyat fuqarolarning muammolari shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ul shaxslarga o‘rganish uchun yuklatildi. Maqsad odamlarning muammosiga yechim topish, ularga yaqindan yordam berishdir.



