Chiroqchi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Jamolov Hamza Muhammadiyevichning fuqarolarga murojaati
2026-07-04 18:10:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum, hurmatli tumanimiz aholisi!
Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari doirasida mahallalarda xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bizning kundalik faoliyatimizning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bundan ko‘zlangan maqsad, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilish ichki ishlar organlarining ustuvor vazifalardan biridir.
Hurmatli tuman aholisi !
Tumanimizda 2026 yilning o‘tgan 6 oyida sodir etilgan jinoyatlarga qisqacha to‘xtalib o‘tsam. Jumladan, 2026 yilning o‘tgan 6 oyi davomida jami qayd etilgan umumiy jinoyatlar (154/328) 174 taga yoki +112,99 foizga oshgan bir vaqtda, og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyat 100 foizga (1/3) 2 taga, bezorilik jinoyati (5/6) 1 taga 20 foizga, yo‘l transport hodisasi bilan bog‘liq jinoyat (14/11) 3 taga kamaygan bo‘lsa-da, ushbu jinoyatlarning 9 tasi odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalarini tashkil etadi.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari yo‘llarda harakatlangan vaqtda yo‘l qoidalariga rioya qilish, tezlikni oshirmaslik, haydovchilik madaniyatiga rioya qilishingizni, voyaga yetmagan hamda haydovchilik guvohnomasi yo‘q farzandlaringizga avtomashina boshqarish uchun bermasligingizni so‘rayman.
Tumanimizda olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida ayrim turdagi jinoyatlar kamayishiga erishilgan bo‘lsa-da, biroq Axborot texnologiyalari vositasida sodir etilgan jinoyatlar soni 220 tani jami jinoyatning 67 foizini tashkil qilmoqda. Ayni kunlarda sodir etilayotgan har 2 ta jinoyatning 1 tasi kiber sohasida sodir etilayotgan jinoyatlarni tashkil qilmoqda. Kibermakonda sodir bo‘layotgan jinoyatlar soni hozirgi kunga global muammolardan biri hisoblanadi.
Kibermakonda sodir bo‘layotgan jinoyatlar soni hozirgi kunga sezilarli darajada oshdi. Kibermakondagi jinoyatlarning boshqa jinoyatlardan farqi bu jinoyatni shaxs masofadan sodir qiladi, inson bu jinoyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaydi, bu jinoyatda inson hayotiga emas balki ma’lumotlariga hujum bo‘ladi. Shuning uchun bu kabi jinoyatlarga qarshi kurashish uchun mamlakatda samarali ish olib boruvchi organlar tizimini yaratishni taqozo qiladi.
Hozirgi kunda Chiroqchi tumanida yashovchi fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganib chiqilganda fuqarolar tomonidan telegram ilovasi orqali kelgan har xil APK fayllarni o‘z telefon apparatlariga yuklab olganligi sababli plastik kartalarida bo‘lgan pul mablag‘lari yechib ketilayotganligi, ushbu yo‘nalishda jinoyatlarni oldini olish maqsadida mahallalarda ochilgan telegram kanali orqali profilaktika inspektorlari tomonidan tashlangan “Xafvsiz kiber” bot ilovasini tumanimizning har bir fuqarosi o‘zining telefon apparatiga o‘rnatib olsa telefon apparatiga keladigan xar-xil zararli ilovalar telegram kanali orqali kelishini oldi olinadi. Kiberjinoyatlardan himoyalanishda sizning hushyorligingiz va ogohligingiz juda muhimdir.
Hurmatli tuman aholisi !
Jinoyatchilikni oldini olishga barchamiz birdek mas’ulmiz. Shu sababli, tumanimizni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirishga o‘z hissangizni qo‘shishingizni, mol-mulklaringizni e’tiborsiz qoldirmasligingizni, shaxsingizga oid ma’lumotlar va bank kartangiz raqamlarini begona shaxslarga bermasligingizni, uy-joy va avtomashina oldi-sotdisida aldanib qolmasligingizni, bir biringiz bilan ahil va inoq bo‘lish, farzandlaringizni tarbiyasiga befarq bo‘lmasliklaringizni, har qanday jinoyat va huquqbuzarliklar bo‘yicha zudlik bilan hudud profilaktika inspektori va tuman IIB navbatchilik qismining 75-562-10-02, 75-562-12-55 raqamlariga murojaat qilishlaringizni so‘rab qolaman.
