Aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash bugungi kun rahbarlarining bosh mezoniga aylangan. Shu munosabat bilan, Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov Prezident xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar uchun shaxsiy qabulini o’tkazdi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida fuqarolar tomonidan yo‘llangan har bir murojaat sinchkovlik bilan tinglanib, ularning aksariyati joyida hal etildi. Muddat talab qiladigan muammolar bo‘yicha esa mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi.
Shuningdek, tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida, Chiroqchi tumani hokimining o’rinbosarlari Sarvar Jovliyev, Boyqobil Norqobilov, Farrux Turdiyev va Nargiza Xushvaqtovalar belgilangan grafik asosida fuqarolar murojaati bo’yicha shaxsiy qabul o’tkazmoqda.