
Elektron hukumat
Chinoz tumanining 2026-yil uchun mahalliy budjetini
tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni va Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining “Toshkent viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2025-yil ___- dekabrdagi ___________-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Yangiyoʻl tumani Kengashi
QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2025 yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni va Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining “Toshkent viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2025 yil ___- dekabrdagi _________-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining “Toshkent viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2025 yil ___- dekabrdagi ___________-sonli qaroriga muvofiq, Chinoz tumanining 2026 yil mahalliy budjeti daromadlarining asosiy prognoz koʻrsatkichlari hamda asosiy xarajatlarining umumiy cheklangan miqdorlari 113 184 640,0 ming soʻm, shuningdek tuman mahalliy budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 502 776,0 ming soʻm miqdorida tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
3. Quyidagilar,
tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2026 yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga,
tuman mahalliy budjetidan 2026 yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 2-ilovaga,
Chinoz tumani mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari va boshqa soliqsiz tushumlardan ajratmalar me'yorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanin.
Bunda, ajratma me'yorlari boʻyicha viloyat mahalliy budjeti bilan tuman va shaharlar mahalliy budjetlarining taqsimotini oʻrnatilgan tartibda “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimiga Toshkent viloyati Gʻaznachilik xizmati boshqarmasi tomonidan kiritilishi belgilab qoʻyilganligi inobatga olinsin.
4. Tuman mahalliy budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026 yil uchun 1 545 913,0 ming soʻm miqdorida belgilansin.
Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq, budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi ta'minlansin.
5. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlar, jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan erlardan tashqari) mutloq miqdorda 1 m2 uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlarni qoʻllagan holda er soligʻi stavkalari 4-ilovaga,
yuridik shaxslar boʻyicha mol-mulk soliqlari uchun qoʻllaniladigan mutloq miqdorlari 5-ilovaga,
jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha oʻrnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlar 6-ilovaga,
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qoʻllaniladigan koeffisientlar miqdori 7-ilovaga,
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qat'iy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffisientlar miqdori 8-ilovaga,
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffisientlar miqdori 9-ilovaga,
Chinoz tumani mahalliy budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (M.Miryakubov), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Oʻ.Qodirov), tuman soliq inspeksiyasi rahbari (T.Axmedov) bilan birgalikda 2026 yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini ta'minlash choralarini koʻrsin.
7. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri shakllantirilishi va oʻz vaqtida taqdim etilishini ta'minlasin.
8. Tuman hokimligining varcha manfaatdor tarkibiy tuzilmalari, mas'ul boʻlimlar va tashkilotlar 2026-yil uchun ajratilayotgan budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va mas'uliyatni yanada kuchaytirish, tegishli mahalliy budjetlarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushimini ta'minlash hamda budjet daromadlar bazasini oshirish va qoʻshimcha rezervlarni aniqlash zarurligiga alohida e'tibor qaratsin.
9. Tuman soliq inspeksiyasi (T.Axmedov) manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan vakolatlardan kelib chiqib:
soliqlarning toʻliq va toʻgʻri hisoblanishini hamda ushbu soliqlarni oʻz vaqtida budjetga undirilishi ustidan soliq nazoratini oʻrnatish;
yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk soliqlari boʻyicha doimiy tahlililar oʻtkazgan holda, soliqlarni toʻliq hisoblanishini ta'minlash hamda ushbu soliq toʻlovlari boʻyicha soliq qarzdorligiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
aylanmadan soliq turi boʻyicha soliq toʻlovchilar tomonidan naqd pul aylanmalarining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq nazoratini oʻrnatish hamda zarur hollarda xronometraj va kameral soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish;
yer va mol-mulk soligʻining soliq bazasini oshirish, ya'ni xatlov ishlarini samarali va muntazam tashkil etib borish vazifalari yuklatilsin.
10. Mazkur qaror tumandagi tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
11. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi A.Turdiboyev hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari M.Miryakubov zimmasiga yuklatilsin.


