Chinoz_tumani
2026-09-02 08:00:00 / Yangiliklar

Chinoz tumani hokimi Sh. Salixov 34-sonli umumiy o'rta ta’lim maktabida bo‘lib, Bilimlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi.
Tadbirda tuman hokimi ustoz va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ular uchun munosib sharoitlar yaratish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
Mustaqilligimizning 35 yillik shonli bayrami arafasida yangi o‘quv yilining boshlanishi — ezgu maqsadlar va porloq kelajak sari yangi qadamdir.
