Hokimiyat haqida

Chinoz tumani - Toshkent viloyati tarkibi bo‘lib viloyatning g‘arbiy qismida joylashgan. T uman 1935-yil 9-fevralda tashkil topgan. 1962-yilda 24-dekabrda 1973-yil 12-aprel oyigacha Yangiyo’l tarkibida bo’lgan. 1973-yil qaytadan tuzilgan. Shimoliy-sharqdan Yangiyo‘l, sharq va janubiy-sharqdan Quyichirchiq tumani, janub va g‘arqdan Sirdaryo viloyati, shimoliy-g‘arqdan Qozog‘iston bilan chegaradosh.
Tumanning maydoni 0,34 ming km(kv), aholis 2025 yil holatiga ko‘ra 149,3 ming kishi.
Tumanda 40 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud.
Tuman iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalariga asoslangan. Chinoz tumani hududida paxta, meva-sabzavot, chorvachilik, va baliqchilik, rivojlangan. Shuningdek, tuman transport tarmoqlari, irrigatsiya tizimlari va mahalliy infratuzilma rivojlangan bo‘lib hududning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatlarini oshirishga xizmat qiladi.
Chinoz tumani hududida ta’lim sog‘liqni saqlash, ma’daniyat va sport sohalari ham rivojlangan. Tuman markazi Chinoz shahri mahalliy aholi va atrof tuman uchun savdo, xizmat ko‘rsatish va ma’naviy markaz sifatida faoliyat yuritadi.
