Axborot xizmati haqida
Baliqchi tumani hokimligi Axborot xizmati
Axborot xizmati faoliyati Baliqchi tumani hokimligi hamda unga hisobdor tashkilotlar faoliyatini yoritish, tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, bunyodkorlik ishlari, muhim voqea va tadbirlar haqida jamoatchilikni tezkor va xolis axborot bilan ta’minlashga qaratilgan.
Shuningdek, Axborot xizmati davlat organlari va fuqarolar o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish hamda hokimlikning media makondagi ijobiy imijini shakllantirish vazifalarini amalga oshiradi.
Axborot xizmatining asosiy vazifalari:
-
tuman hokimi tomonidan belgilangan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
-
keng jamoatchilikni hokimlik faoliyati, qabul qilinayotgan qarorlar va normativ-huquqiy hujjatlar haqida xolis, sifatli va tezkor axborot bilan ta’minlash;
-
ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, matbuot anjumanlari, brifinglar va boshqa media tadbirlarni tashkil etish;
-
matbuot relizlari, axborot xabarlari, byulletenlar va boshqa axborot materiallarini tayyorlash hamda tarqatish;
-
hokimlikning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yuritish va rivojlantirish;
-
axborot maydonini monitoring qilish, jamoatchilik fikrini o‘rganish va tahlil qilish;
-
ommaviy axborot vositalari hamda internet nashrlarida e’lon qilinayotgan materiallar yuzasidan tezkor munosabat bildirish va tushuntirish ishlarini olib borish.
Baliqchi tumani hokimligi Axborot xizmati
Elektron pochta: qabulhona@andijan.uz
Rasmiy veb-saytga axborotlarni joylashtirish va yangilash uchun mas’ul shaxs:
Karimov Muzaffar Maxamadjonovich
Telefon: +998 74 323 10 00
Elektron pochta: andpressa@umail.uz
