Baliqchi tumani hokimiyati

Haqida
Baliqchi tumani 1926- yil 29- sentyabrda tashkil topgan bo'lib, Andijon viloyatining ma’muriy-hududiy birligi hisoblanadi.
Baliqchi tumani hududiy yer maydoni 340 km.kv. Baliqchi tumani ma’muriy hududiy tarkibi bo'yicha 44 ta qishloq aholi punkti, 66 ta mahalla fuqarolar yig'inidan iborat. Baliqchi tumani Ulug'nor tumani (20 km), Bo'ston tumani (1,8 km), Oltinko'l tumani (36,2 km) Izboskan tumani (18,5 km) va Shahrixon tumani bilan (20 km) chegaradosh.
Aholisi
Baliqchi tumanida 53,4 mingta oilalar mavjud. 2023- yilning 1- yanvar holatiga Baliqchi tuman aholisi soni viloyat doimiy aholisining (3 322,7 ming kishi) 6,4 foizini yoki 211,3 ming kishini tashkil etadi. Shundan, 70,7 ming kishi shahar joylarida va 140,6 ming kishi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Aholi zichligi 1 kv km uchun 621 kishiga to'g'ri keladi.
Aholisi, asosan o'zbeklar; ruslar, tatarlar, tojiklar, uyg'urlar va b. ham yashaydi. 1 km2 ga 416 kishi to'g'ri keladi.
Tabiati
Tuman hududi tekisliklardan iborat. Yanv.ning o'rtacha temperaturasi —4°, iyulniki 26°. Yiliga o'rtacha 195 — 210 mm yog'in tushadi. Vegetatsiya davri 235 kun. Tuman hududidan Qoradaryo, Mazgilsoy, Chinobodsoy va Katta Andijon kanali oqib o'tadi. Sirdaryo Baliqchi tumani Serquyosh mahallasi hududidan boshlanadi. Tuprog'i o'tloqi bo'z, kuchsiz sho'rlangan tuproq.
O'simliklardan sho'ra, shuvoq, momaqaymoq, qamish, mingdevona, yantoq, ajriq, yulg'un, oqbosh, otquloq, qirq-bo'g'in, g'umay, qo'ypechak, yalpiz o'sadi. Echkemar, toshbaqa, tulki, quyon, ilon, kaltakesak, qushlardan laylak, o'rdak, chumchuq, so'fito'rg'ay, qarg'a, musicha yashaydi.
