“Obod mahalla – toza ichimlik suvi”
2026-11-17 11:05:00 / Yangiliklar
Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi moliyaviy ko‘magida O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati Baliqchi tumani tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan “Obod mahalla – toza ichimlik suvi” loyihasi doirasida Nurafshon MFY hududidagi 3 ta ko‘cha va 337 ta xonadonda yashovchi aholi sifatli hamda toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlandi.

Yangi suv inshootlari va zamonaviy suv ta’minoti tarmoqlarining barpo etilishi hisobiga suv bosimi me’yorlashdi, suv yetkazib berishdagi uzilishlar kamaydi. Toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatining kengayishi natijasida sanitariya-gigiyena holati yaxshilanib, suv bilan bog‘liq kasalliklarning oldi olindi.
Loyiha hudud ijtimoiy infratuzilmasining rivojlanishiga, aholining turmush darajasi va yashash sharoitlari yaxshilanishiga munosib hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar va muammolar soni kamayib, fuqarolarning kommunal xizmatlardan qoniqish darajasi oshmoqda.
Natijada mahallada sog‘lom va xavfsiz yashash muhiti yaratilib, aholi farovonligi yuksalmoqda.
