SHAXSIY QABUL — MUROJAATLAR E’TIBORDA
2026-11-16 18:20:00 / Yangiliklar
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli sohalarga oid jami 50 ta masala yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Jumladan:
— tibbiyot masalalari — 6 ta;
— “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi — 6 ta;
— kadastr masalalari — 5 ta;
— xotin-qizlar masalalari — 3 ta;
— yoshlar masalalari — 3 ta;
— kredit masalalari — 6 ta;
— uy-joy ta’mirlash masalasi — 2 ta;
— elektr energiyasi ta’minoti — 3 ta;
— gaz ta’minoti — 3 ta;
— Majburiy ijro byurosi masalalari — 3 ta;
— tuman hokimi o‘rinbosarlari vakolatiga kiruvchi masalalar — 10 ta.
Murojaatlarning 10 ga yaqini joyida ijobiy hal etildi. Qolgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning qonuniy talab va muammolariga amaliy yechim topish hamda murojaatlar ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
