Baliqchi GESi — yashil energiya manbai
2026-10-24 08:40:00 / Yangiliklar
Baliqchi tumanida xitoylik investorlar hamkorligida Katta Andijon kanalining O‘rmonbek qishlog‘i hududidagi gidrouchastkasida kichik gidroelektr stansiyasi — Baliqchi GESi qurilishi yakunlanish arafasida.

Loyihaning ishlab chiqarish quvvati 1 megavattni tashkil etib, stansiya bir soatda 1 megavatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa 5 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Mazkur loyiha qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, yashil energetikani rivojlantirish hamda hududning energetik salohiyatini oshirishga qaratilgan.
