RASMIY MUNOSABAT
2026-10-14 10:20:00 / Rasmiy munosabatlar
RASMIY MUNOSABAT
Baliqchi tumani «Chinobod» qishlog‘i Bog‘ieram ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati yuzasidan bildirilgan murojaat tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqiladi.
O‘rganish davomida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati, xizmat ko‘rsatish sifati hamda mavjud muammolarning sabablari aniqlanadi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va chiqindilarni belgilangan grafik asosida olib chiqib ketishni ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
Fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish va hududlarda sanitariya holatini yaxshilash masalasi mas’ul tashkilotlar e’tiborida bo‘ladi.
