«Andijon qalqonlari» NTM rahbari yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi!
2026-09-21 09:30:00 / Yangiliklar
«Andijon qalqonlari» NTM rahbari yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi!

«Santikel Publication» ilmiy matbuot markazi tomonidan respublika va MDH miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovda «Andijon qalqonlari» NTM rahbari Yunusjon Azimov faol ishtirok etdi.
Ilm-fan yo‘lidagi izlanishlari va samarali faoliyati e’tirof etilib, Yunusjon Azimov maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Yunusjon Azimovni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi faoliyatida yangi ilmiy yutuqlar, ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
