Shaxsiy qabul — murojaatlar e’tiborda
2026-09-18 18:00:00 / Yangiliklar
Baliqchi tumani hokimi Jasurbek Abdurayimovning fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli sohalarga oid 37 ta masala yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlar:
• tibbiyot masalalari — 5 ta;
• “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi — 6 ta;
• bandlik — 6 ta;
• Majburiy ijro byurosi — 3 ta;
• “Daftarlar” masalasi — 4 ta;
• Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi — 3 ta;
• bank xizmatlari — 2 ta;
• tuman hokimi o‘rinbosarlari vakolatiga oid — 8 ta.
Murojaatlarning 10 ga yaqini joyida ijobiy hal etildi. Qolgan masalalar mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolarning murojaatlarini eshitish, ularning qonuniy talab va muammolariga amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
