Shaxsiy qabul — murojaatlar e’tiborda
2026-09-11 19:30:00 / Yangiliklar
Baliqchi tumanida o‘tkazilgan fuqarolarning shaxsiy qabulida 43 ta masala yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.
Murojaatlar asosan tibbiyot, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi, bandlik, ta’lim, bank xizmatlari, huquqiy masalalar hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘ldi.
🔹 10 ga yaqin murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan murojaatlar ham tegishli mas’ullarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Har bir murojaat — e’tiborda, har bir masala — nazoratda.
