TOP-100 yoshlar yetakchilari taqdirlandi
2026-09-12 09:00:00 / Yangiliklar

Andijon viloyatida 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha TOP-100 reytingidan munosib o‘rin egallagan mahalla yoshlar yetakchilarini taqdirlash marosimi hamda “Yoshlar yetakchilari forumi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdulaziz Moydinov, Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati mutaxassisi Davronbek Qurbonboyev hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
🏅 Marosim davomida TOP-100 reytingidan joy olgan yoshlar yetakchilarining samarali faoliyati e’tirof etilib, munosib taqdirlandi.
Shuningdek, forum doirasida mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka keng jalb etish hamda yoshlar yetakchilari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Quvonarlisi, Baliqchi tumani Jartepa MFY yoshlar yetakchisi Gulmatov Fazliddin Anorboy o‘g‘li ham 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha TOP-100 reytingidan munosib o‘rin egallab, taqdirlandi.
Fazliddin Gulmatovning ushbu natijasi mahallada yoshlar bilan tizimli va samarali ish olib borayotganining yana bir e’tirofidir.
Fazliddin Gulmatovga kelgusidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
