RASMIY MUNOSABAT
2026-09-10 22:30:00 / Rasmiy munosabatlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Baliqchi tumani avtoshoxbekatida patta yig‘ish xizmati, shlagbaumning belgilangan vaqtdan oldin yopilishi va bu holat haydovchilarga noqulaylik tug‘dirayotgani haqida murojaat qoldirilgan.
Baliqchi avtoshoxbekatida yo‘lovchi tashuvchilarga xizmat ko‘rsatish faoliyatini «Durbek Trans Servis» MChJ amalga oshiradi.
Ayni kunlarda avtoshoxbekat hududida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarining bekatga kirib-chiqishini monitoring qilish va harakat jarayonini tartibga solish maqsadida raqamli texnologiyalar o‘rnatilmoqda.
Avtoshoxbekat rahbariyatiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, transport vositalarining bekatga kirib-chiqishida sun’iy to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik, shlagbaumning belgilangan tartibda ishlashini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar beriladi.
Raqamli monitoring tizimi to‘liq ishga tushirilishi natijasida transport harakati nazorat qilinib, bekatda xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada tartibga solish imkoniyati yaratiladi.
