BALIQCHIDA “BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” — YANGI MAKTABDA YANGRADI
2026-09-02 12:30:00 / Yangiliklar
Baliqchi tumanidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining ilk kuni — “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbir Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan barpo etilgan 600 o‘rinli yangi o‘quv binosi oldida bayramona tus oldi.
🏫 Yangi binoda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Davlat investitsiya dasturi doirasida qurilish ishlariga 8 milliard 600 million so‘m, zamonaviy o‘quv jihozlariga esa 3 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Sport zali ham to‘liq ta’mirlandi.
🎓 Tantanalı tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi.
Shuningdek, viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘quvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
