Baliqchi tumanida Xalq deputatlari Kengashining 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-08-24 10:00:00 / Yangiliklar

Budjet mablag‘lari taqsimoti
Tuman budjetining 2026-yil 2-chorak yakuni bilan orttirib bajarilgan qismi hisobidan 7,3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ maqsadli yo‘naltirildi.
Jumladan, “Tashabbusli budjet” jamg‘armasiga 1,2 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi.
Shuningdek, ko‘chalarni asfaltlash, obodonlashtirish, ta’lim muassasalarini ta’mirlash hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chatlar ekish ishlariga mablag‘lar yo‘naltirildi.
Qonun ustuvorligi va adliya
Tuman adliya bo‘limi tomonidan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
O‘rganishlar va monitoring tadbirlari davomida 375 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, qonunbuzarlardan 28,6 mln so‘m mablag‘ undirildi hamda 7 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash
Sessiya davomida ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgan jami 15 nafar xotin-qizning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Ularning sog‘lig‘ini tiklash, uy-joylarini ta’mirlash hamda o‘quv shartnoma to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi.
Infratuzilma va obodonlashtirish
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan 289 mln so‘m mablag‘ ajratilishi tasdiqlandi.
Mazkur mablag‘lar Omonariq va Chinobod mahallalarining markaziy ko‘chalarida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida simli to‘siqlar o‘rnatish, shuningdek, Charog‘on mahallasi ko‘chalari chetlarini betonlash ishlariga sarflanadi.
