HOKIMNING SHAXSIY QABULI
2026-08-21 13:00:00 / Yangiliklar
Baliqchi tumani hokimi Jasurbek Abdurayimovning fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli sohalarga oid 22 ta masala ko‘rib chiqildi.
Jumladan:
🔹 kadastr masalalari — 7 ta;
🔹 ijtimoiy himoya — 3 ta;
🔹 bandlik — 3 ta;
🔹 oilaviy nizolar — 2 ta;
🔹 tibbiyot sohasi — 2 ta;
🔹 qurilish sohasi — 4 ta;
🔹 qishloq xo‘jaligi — 1 ta.
Murojaatlarning 11 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va mas’ul tashkilotlar aralashuvini talab etadigan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.
Qabul jarayonida har bir murojaat individual tartibda ko‘rib chiqilib, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni tezkor hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
