Baliqchida Xitoy texnologiyalari asosida yangi loyihalar amalga oshiriladi
2026-08-21 10:00:00 / Yangiliklar
Baliqchi tumaniga tashrif buyurgan xitoylik ishbilarmonlar delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tuman hokimi Jasurbek Abdurayimov ishtirokidagi muloqotda qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Xitoyning tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini Baliqchi tumani hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, mazkur zamonaviy texnologiyalar asosida tumandagi paxta va g‘alla maydonlarida tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Mazkur loyihalar suv resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, qishloq xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.
