BALIQCHI FAXRI — OSIYO CHEMPIONI!
2026-08-19 10:00:00 / Yangiliklar
Baliqchi tumani og‘ir atletika maktabi yana bir yuksak natija bilan o‘zining munosib o‘rnini namoyon etdi.
Shu yerda ilk mashg‘ulotlarini boshlagan Omadillo Olimov Osiyo chempionatida +110 kg vazn toifasida mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritdi.
💪 Dast ko‘tarish — 170 kg
💪 Siltab ko‘tarish — 223 kg
🥇 Ikki kurash yakuni — 393 kg
Omadillo Olimovning ushbu yuksak natijasi Baliqchi tumanida katta quvonch bilan kutib olindi. Tuman hokimi Jasurbek Abdurayimov chempionni g‘alaba bilan samimiy muborakbod etib, unga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tiladi.
Omadilloning bugungi yutug‘i zamirida uning ota-onasi qo‘llovi, murabbiyi Hamidqul Madazimovning mehnati va sportchining yillar davomidagi tinimsiz izlanishlari mujassam.
Ayni paytda chempion o‘zining ilk mashg‘ulotlarini boshlagan Baliqchi og‘ir atletika zalida yosh sportchilar bilan birga mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
