Baliqchi tuman prokurori Z.G‘.G‘ulomjonovning tuman aholisiga PROFILAKTIK MUROJAATI
2026-07-31 18:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Assalomu alaykum, aziz Baliqchiliklar va tumanimiz mehmonlari!
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini tubdan yaxshilash maqsadida mazkur yo‘nalishda aniq ishlar tizimini joriy etdilar hamda mas’ul rahbarlarning aniq vazifalarini belgilab berdilar.
Shu maqsadda tumanimizda o‘tgan yildan buyon tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning yangi mexanizmlari joriy etilganligi, kundalik hayotimizda ham ko‘rinmoqda.
Bunda ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirishni ustuvor vazifa etib belgilangan holda mahallalarda xavfsiz muhitni ishonchli ta’minlash bo‘yicha manzilli profilaktik chora-tadbirlar tizimini samarali joriy etish orqali jinoyatlarning kelib chiqayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish tumanning har bir ko‘chasida, bozorida, jamoat joylarida xavfsiz muhitni yaratish choralari ko‘rilmoqda.
Jinoyatchilikni oldini olishda jamoat gavjum joylariga, maktablarga, mahallalardagi ko‘p qavatli uylar kirish va chiqish yo‘llariga zamonaviy turdagi shaxsni tanib oluvchi videokuzatuv moslamalari o‘rnatildi, bozor, savdo do‘konlari va yashash xonadonlari qo‘riqlovga olinib, xavfsizlik ta’minlandi.
Tahlilga ko‘ra, 2026 yilning 6 oyida jami 131 ta jinoyat hisobga qo‘yilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 taga yoki 5,1 foizga kamaygan.
Hisobga qo‘yilgan 73 ta jinoyatlarning 44 tasi yoki 33,6 foizini oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tashkil qilgan.
Umumiy jinoyatlarning 71 tasi yoki 54,2 foizi aniqlanadigan va 16 tasi yoki 12,2 foizi axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tashkil etadi.
Tumanda umumiy jinoyatchilik kamayishiga erishilgan bo’lsada, ayrim jinoyatlar, xususan oilaviy zo’ravonlik(1/4), o’g’irlik (4/13), firibgarlik(7/8) va nomusga tegish (0/1) jinoyatlar ortgan.
Qotillik (1/1) va og’ir tan jarohati yetkazish (2/2) bilan bog’lik jinoyatlar esa o’tgan yilni shu davriga barqaror qolgan.
Shuningdek, o’rtacha og’ir tan jarohati yetkazish (3/2), yengil tan jarohat yetkazish (7/2) va yo’l transporti hodisalari bilan bog’liq (13/8) jinoyatlarni kamayilishiga erishilgan.
Birinchi yarim yil yakuniga, “Qizil” toifadagi mahalla 3 ta, “sariq” mahallalar 10 ta va “yashil” mahallalar 53 tani tashqil qilgan.
Mahallada yetarli ishlarni tashkil qilmasdan, jinoyatni oldini olishda bir yoqadan bosh chiqarib, birga harakat qilmaganligi oqibatida ‘’Oqqo’rg’on’’, “Yangi hayot” , “Ko’l” mahallalari ”Qizil” mahalla toifasini tashkil qilgan.
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan predmetlar yordamida tan jarohati yetkazish kabi huquqbuzarliklar ortib ketayotganligi sababli, tumanimizda “Tig” maxsus profilaktik tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Prezidentimiz talab qilayotgan jinoyatlarning oqibatlarini emas ularning sabablarini huquqbuzarlikka imkon berayotgan shart sharoitlarni bartaraf qilishga ustuvor vazifa deb, barcha birgalikda harakat qilishimiz zarur.
Huquqbuzarlik va jinoyat sababchisi bo‘layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga har bir fuqaroda jinoyatchilikka qarshi immunitetni bolalikdan shakllantirishga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.
