Inson manfaati va farovon hayoti yo'lidagi ezgu ishlar izchil davom etmoqda
2026-07-28 11:00:00 / Yangiliklar
Inson manfaati va farovon hayoti yo'lidagi ezgu ishlar izchil davom etmoqda

Baliqchi tumani hokimi Jasurbek Abdurayimov rahbarligida tumanda aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish, tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda inson salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Polvonko'l mahallasidagi oilaviy shifokorlik punktini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha aholiga yanada sifatli va qulay tibbiy xizmat ko'rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Inson manfaati, uning farovon hayoti va salomatligini ta'minlashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari Baliqchi tumanida izchil davom etmoqda.
