Baliqchi tumani A'lam mahallasida oilaviy poliklinika qurilishiga start berildi
2026-07-27 10:00:00 / Yangiliklar
Baliqchi tumani A'lam mahallasida aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yangi oilaviy poliklinika binosi qurilishiga tantanali ravishda start berildi.

Tadbirda tuman hokimi Jasurbek Abdurayimov, mahalla faollari, nuroniylar, soha vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tuman hokimi o'z so'zida mazkur poliklinika aholi salomatligini muhofaza qilish, birlamchi tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish hamda mahalla aholisi uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilishini ta'kidladi.
Nuroniylar va mahalla ahli yurtimizda inson qadrini ulug'lash, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan bunday ezgu ishlardan mamnun ekanliklarini bildirib, qurilish ishlarining baroridan kelishini tilab duo qildilar.
Yangi oilaviy poliklinika foydalanishga topshirilgach, mahalla aholisiga yanada sifatli, tezkor va zamonaviy tibbiy xizmat ko'rsatish imkoniyatlari kengayadi.
