Baliqchida zamonaviy maktab va bog‘cha qurilishiga start berildi
2026-07-27 10:00:00 / Yangiliklar
Baliqchida zamonaviy maktab va bog‘cha qurilishiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Baliqchi tumanida ta’lim infratuzilmasini yanada yaxshilashga qaratilgan yirik qurilish ishlariga start berildi.
Loyiha doirasida tumandagi 36-son umumta’lim maktabi hamda 9-son maktabgacha ta’lim tashkiloti binolari zamonaviy talablar asosida tubdan qayta barpo etiladi.
36-son umumta’lim maktabi o‘rnida 1200 o‘rinli yangi maktab barpo etilib, loyiha qiymati 20 milliard 573 million so‘mni tashkil etadi.
9-son maktabgacha ta’lim tashkiloti esa 300 o‘rinli zamonaviy bog‘cha sifatida qurilib, loyiha qiymati 13 milliard 223 million so‘mni tashkil etadi.
Qurilish ishlarining boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda nuroniylar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda qurilish ishlarining barakali bo‘lishi uchun duo qildilar.
