Sarnovul mahallasida tadbirkor yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-07-16 11:00:00 / Yangiliklar
Baliqchi tumani hokimi Jasurbek Abdurayimovning 16-iyul kuniga belgilangan rejasiga muvofiq, Sarnovul mahallasidagi Axborot texnologiyalari markazida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘z biznesini boshlash yoki mavjud faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yangi tadbirkorlik, startap, qishloq xo‘jaligi hamda boshqa istiqbolli loyihalarga ega bo‘lgan yoshlarning tashabbuslari tinglandi. Ularni amaliyotga tatbiq etish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar hamda biznesni rivojlantirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun Axborot texnologiyalari markazida zamonaviy kasblarni o‘rganish maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Yoshlar ochiq dars jarayonlarida ishtirok etib, IT sohasida bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
