Baliqchi tumanida oltin va kumush medal sohiblari taqdirlandi
2026-06-18 10:00:00 / Yangiliklar
2025–2026 o‘quv yilida Baliqchi tumanidagi umumta’lim maktablarini 2927 nafar o‘quvchi muvaffaqiyatli tamomladi.

Bitiruvchilar orasida bilim va intilishi bilan ajralib turgan 123 nafar o‘quvchi oltin medal, 9 nafar o‘quvchi esa kumush medal sohibi bo‘ldi.
Tantanali tadbirda medal sohiblariga davlat namunasidagi mukofotlar topshirilib, ularning erishgan yutuqlari e’tirof etildi. Shuningdek, bitiruvchilarning 35 nafari muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingani qayd etildi.
Yoshlarning ta’limdagi muvaffaqiyatlari yurtimizda bilimli va salohiyatli avlodni tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etildi.
