“Og‘ir mahalla”da bunyodkorlik ishlari: O‘lmas mahallasida yangi o‘zgarishlar
2026-06-19 00:00:00 / Yangiliklar

Jumladan, “Og‘ir mahalla” sifatida tanlab olingan O‘lmas mahallasida bugungi kunda ichki ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mahalla hududidagi 6 kilometr masofadagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.
Shuningdek, mahalla aholisini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida hududga 2 dona transformator hamda 20 dona beton tayanch olib kelinib, ularni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur amaliy ishlar mahalla aholisi tomonidan mamnuniyat bilan kutib olinmoqda. Fuqarolar o‘z hududlarida yaratilayotgan qulayliklar va olib borilayotgan islohotlar uchun minnatdorlik bildirib, bunday ezgu ishlar mahallaning yanada obod va fayzli bo‘lishiga xizmat qilishini ta’kidlamoqdalar.
