“Ilmli ayol – kuchli jamiyat” forumi o‘tkazil
2026-06-13 17:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda tuman hokimligi mas’ullari, mahalla va xotin-qizlar faollari, texnikum pedagoglari, o‘quvchi-talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Forum davomida xotin-qizlarning ilm-fan, ta’lim va jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. So‘zga chiqqanlar ilmli, ma’rifatli va tashabbuskor ayollar jamiyat taraqqiyoti, oila mustahkamligi hamda yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.
Qizg‘in muloqot va savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan forum ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, xotin-qizlarning bilim olishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga qaratilgan ezgu g‘oyalarni yanada mustahkamladi.
