Baliqchi tuman Kengashining oʼn beshinchi sessiyasida muhim masalalar koʼrib chiqiladi
2026-06-09 22:40:00 / Press-relizlar
2026 yil 10 iyunь kuni Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashining yettinchi chaqiriq oʼn beshinchi sessiyasi boʼlib oʼtadi. Sessiya kun tartibiga tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, suv resurslaridan samarali foydalanish, mahalliy byudjet mablagʼlarini boshqarish hamda yoʼl xoʼjaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni koʼrib chiqish kabi muhim masalalar kiritilgan

Sessiyada ichki isteʼmol bozorida narxlar barqarorligini taʼminlash, aholini suv bilan taʼminlash choralari, mahalliy byudjetning qoʼshimcha tushumlaridan samarali foydalanish hamda infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan qarorlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar boʼyicha hisobotlari eshitiladi.
Baliqchi tumani hokimligi Аxborot xizmati
