Baliqchi tumanida paxta xom ashyosidan tola, chigit, yogʼ, kunjara va sovun kabi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
2026-02-11 10:20:00 / Yangiliklar
Korxona mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarga eksport qilinib, oyiga oʼrtacha 1 mln АQSh dollari miqdorida eksport amalga oshirilmoqda.

Baliqchi tumanida mahalliy investor tomonidan tashkil etilgan “Vodiy agrotech” agroklasteri paxta xom ashyosidan tola, chigit, yogʼ, kunjara va sovun kabi mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Korxona mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarga eksport qilinib, oyiga oʼrtacha 1 mln АQSh dollari miqdorida eksport amalga oshirilmoqda. Zavodda 200 nafardan ortiq mahalliy aholi doimiy ish bilan taʼminlangan, mavsumda ish oʼrinlari 500 nafargacha oshiriladi.
“Ibroximjon Sarxadlari” MChJda bir kunda 40 tonna paxta yogʼi ishlab chiqarilmoqda.
