Baliqchi tumanida sun’iy intellekt markazi barpo etilmoqda
2026-02-02 10:30:00 / Yangiliklar
Markazda 25 ta IT rezident va 15 ta startap loyihalar faoliyat yuritadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Baliqchi tumanida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Sarnovul mahallasida Sun’iy intellekt markazi qurilmoqda. Markazda 25 ta IT rezident va 15 ta startap loyihalar faoliyat yuritadi. Ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi 7 milliard so‘mni tashkil etadi.
Markaz joriy yil qurilib ishga tushirilishi rejalangan bo‘lib, 30 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
