“Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”
2026-01-30 00:00:00 / Yangiliklar

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, ishsiz yoshlar va band bo‘lmagan aholini mehnat bozoriga keng jalb etish, shu orqali fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Yarmarkada tumanda faoliyat yuritayotgan 22 ta korxona, tashkilot va muassasa ishtirok etib, jami 165 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi.
Tadbirga 256 nafar fuqaro murojaat qildi, shundan 45 nafari ayollar, 74 nafari yoshlarni tashkil etdi.
Yarmarka davomida 112 nafar fuqaro “Tetrateks” MCHJga ishga joylashtirildi.
Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va mehnatga oid qonun hujjatlari asosida huquqiy tushunchalar berildi. Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 144 nafar ishsiz fuqaroga ham tegishli huquqiy maslahatlar taqdim etildi.
