Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashining oʼninchi sessiyasi boʼlib oʼtdi.
2025-12-29 09:00:00 / Yangiliklar
Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashining oʼninchi sessiyasi boʼlib oʼtdi.

Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashining oʼninchi sessiyasi boʼlib oʼtdi. Sessiyada tuman Kengashi raisini saylash, 2026 yil uchun mahalliy byudjetning asosiy koʼrsatkichlarini tasdiqlash, yer soliq stavkalariga kiritilayotgan koeffitsientlarni belgilash masalalari koʼrib chiqildi.
Shuningdek, ichki ishlar boʼlimi boshligʼining jinoyatchilik holati, korruptsiyaga qarshi kurash boʼyicha hisobotlari, tuman hududida toʼy va marosimlarni oʼtkazishni tartibga solish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar hamda gaz taʼminoti boʼlimi faoliyati yuzasidan axborotlar tinglandi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar boʼyicha tegishli qarorlar qabul qilindi







