Hujjatlar
Davlat tili va ma’naviy-ma’rifiy ishlar.
Vazirlik va uning huzuridagi tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 61-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash bo‘yicha tizimli ravishda ishlar amalga oshirilmoqda.
Vazirlik va uning huzuridagi tashkilot va muassasalarda, shu jumladan Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasida ham davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar ijrosi tashkil etilgan.
Davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini tanqidiy o‘rganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etish choralari ko‘rilgan.
Vazirlik va huzuridagi barcha tashkilotlarda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida korxonalarning nomlari, peshlavhalar to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi taʼminlangan.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5040-son Qarori
