Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining yoshlarga oid davlat siyosatini yuritish boʻyicha:
Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-iyuldagi“Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari:
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
– ochiqlik va shaffoflik;
– yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;
– yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;
– maʻnaviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
– yoshlarning kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmasligi.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari:
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
– yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash;
– yoshlarning hayoti va sogʻligʻini saqlash;
– yoshlarning maʻnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashish;
– yoshlar uchun ochiq va sifatli taʻlimni taʻminlash;
– yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;
– yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuygʻusi, bagʻrikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli taʻsirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qatʻiy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
– yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoya qilish;
– yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
– iqtidorli va isteʻdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish;
– yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
– yoshlarda sogʻlom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
– yosh oilalarni maʻnaviy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;
– yoshlarning huquqlari va erkinliklarini roʻyobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining 48% ni yoshlar tashkil etib, ularni bo’sh vaqtlarini unumli va samarali band qilish, yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini shakllantirishga bo'lgan intilishni va sportga bo'lgan qiziqishini rag'batlantirish yuzasidan Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasida Sport targ’ibotchisi tashabbuslari bilan yoshlar o’rtasida qator shart-sharoitlar yaratilib, imkoniyatlar berilmoqda, shuning uchun inspeksiyamizda sport targ’ibotchisi ham joriy qilingan. Xamda Abjalov X.T yoshlar tomonidan saylangan.