KIMBERLEY PROCESS
2024-11-12 00:00:00 / Yangiliklar

«KIMBERLEY PROCESS» - xalqaro ishlov berilmagan olmoslar savdosini tartibga solish tashkilotining 2024-yil 12-15-noyabr kunlari Dubay shahrida II-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi tashkilot a’zoligiga qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Shahobiddin Ortiqov boshchiligida, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakili Uchqun Husanov, «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi rais o‘rinbosari Aleksandr Milentev hamda boshqa masʼullardan iborat ishchi guruhi sifatida ishtirok etdilar.


