Inspeksiyada sport musobaqalari ğoliblari taqdirlandi
2026-11-18 15:55:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (keyingi örinlarda — Inspeksiya) xodimlari örtasida ötkazilgan sport musobaqalari ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Musobaqalar futbol, tennis, şaxmat va yugurış yönalişlari böyiça Inspeksiya xodimlarining ishtirokida taşkil etildi. Ishtirokçilar sport mahorati va jamoaviy ruhini namoyon etib, ğalaba uçun bellaştilar.
Natijalarga köra, ğoliblar quyidagicha aniqlandi:
• Futbol — «Kattalar» jamoasi;
• Tennis — Tadjiyev Şuxrat Dilşodoviç;
• Şaxmat — Amirov Xasanjon Beknazar öğli;
• Yugurış — Murtazayev Madadbek Rahmon öğli.
Marosimda Inspeksiya boşliği Boboyev Raximjon Maxamadjonoviç ğoliblarni tabrikladi hamda ularga diplomlar va esdalik sovğalarini topşirdi.
Tadbirni taşkil etişda Inspeksiya Kasaba uyuşmasi kömak körsatdi.
Ta’kidlaş joizki, mazkur musobaqalar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son “Soğlom turmuş tarzini keng tatbiq etiş va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hamda 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondaşuvlar asosida taşkil etiş hamda professional va natijadorlikka yönaltirilgan davlat xizmatçilari korpusini şakllantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonlari ijrosini ta’minlaş, xodimlar özaro hamjihatligini mustahkamlaş hamda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş maqsadida taşkil etildi.







