“Til yaşasa, millat yaşaydi” şiori ostida ommaviy diktant ötkazildi
2026-10-15 14:55:00 / Mutolaa

15-oktabr kuni bölib ötgan tadbirda taşkilot xodimlari özbek tilining imlo qoidalari, adabiy til me’yorlari hamda davlat tilida iş yuritiş böyiça bilim va könikmalarini sinovdan ötkazdi.
Tadbirdan maqsad — xodimlarning özbek tili imlo qoidalarini bilişini sinovdan ötkaziş, adabiy til me’yorlariga amal qiliş madaniyatini oşiriş hamda davlat tilida iş yuritişda yuzaga keladigan xatolarning oldini oliş.
Davlat tilida rasmiy hujjatlarni savodli va aniq yuritiş davlat xizmatçisining kasbiy madaniyati körsatkiçidir. Bunday tadbirlar davlat tiliga hurmatni oşiriş, jamoada ona tilimizga bölgan mehr-muhabbatni mustahkamlaş va iş yuritişda savodxonlikni yuksaltirişga xizmat qiladi.
Til – millat ruhi. Uni asraş va rivojlantiriş har birimizning burçimiz!







