Dunyodagi eng qimmat xarita: javohirlardan yaratilgan shohasar
2026-09-16 12:20:00 / Faoliyatga oid ma'lumotlar

Bu qanday mo'jiza?
Bu — « sobiq SSSR industriallashtirish xaritasi» deb nomlangan asar boʻlib, 1937-yilda Oktabr inqilobining 20 yilligiga bagʻishlab yaratilgan noyob mozaika panno. Xaritaning maydoni 26 kvadrat metrni tashkil etadi. U jami 667 ta qismdan yigʻilgan boʻlib, umumiy ogʻirligi 4 tonnaga yetadi, tayyorlash uchun esa 11 oy vaqt ketgan.
U nimadan tayyorlangan?
Rassom va ustalar xaritani yaratishda 19 turdagi qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan — yashma, lazurit, opal, orlets hamda nodir metallardan foydalanganlar:
- Yashma toshi bilan — tekisliklar tasvirlangan
- Lazurit bilan — daryo va dengizlar aks ettirilgan
- Orlets toshi bilan — davlat chegaralari belgilangan
- Temir yoʻllar esa platinalangan kumushdan yasalgan
Jahon miqyosidagi tan olinishi
Ushbu xarita 1937-yilda Fransiyada va 1939-yilda AQSHda oʻtkazilgan xalqaro koʻrgazmalarda Gran-pri — bosh sovrinni qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng u uzoq yillar davomida Ermitajda saqlangan, hozirgi kunda esa bu shohasarni Sankt-Peterburgdagi Chernishov nomidagi Geologiya-qidiruv institutida koʻrish mumkin.
Eksponatning taxminiy qiymati 110 million dollarni tashkil etadi. Bu, shubhasiz, dunyodagi eng qimmat kartografik asardir.



